Anemiyaning shifosi. Anemiya xastaligi temir moddasi, B vitamini, foliy kislotasi yetishmasligi tufayli vujudga keladi. Asalda esa bu moddalarning barchasi mavjud. Shunday ekan, asal tarkibidagi vitaminlar muolaja jarayonini tezlashtirib, anemiyadan xalos bo‘lishga yordam beradi. Istisno tariqasida anemiya bilan kasallangan bir bemorda bu usul sinab ko‘rildi. 30 kunlik muolajadan so‘ng ma`lum bo‘lishicha, bemor gemoglabini 10-30 foizga oshib, oqqon hujayrasi va eritrotsitlar miqdori me`yoriga kelgan. Bosh aylanishi va charchoq yoqolib, yaxshi uxlaydigan bo‘lgan. Asalning qora navi bunday muolaja uchun ayniqsa, foydali. Chunki u mineral moddalarga juda boy.

Davolash usuli: 200 ml sutga 1,5 osh qoshiq asal solinib yaxshilab aralashtiriladi. 40-50 kun mobaynida kuniga 4 marta ichib turiladi. Anemiyaga qarshi davolanishning yana bir usuli quyidagicha: Bunda 20% qizil poycha, 15% yong‘oq bargi, 15% oq yasnotka ko‘kati, 25% oq tikanli karrak guli, 10% oq qayin bargi, 15% qalampirmunchoq bargidan qorishma tayyorlanadi. Hosil bo‘lgan aralashmadan biror idishga 3 osh qoshiq solib, ustidan 0,5 l qaynatilgan suv quyiladi va 40-60 daqiqa damlanadi. So`ng dokadan o‘tkazilib, unga 150 g asal qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bunday sharbat kuniga 2 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin 100 ml.dan ichib turiladi.